Biz haqimizda

WONDER CLEANING tashkilotiga 2014 yilda asos solingan. O'shandan beri, mutaxassislar harakatlari tufayli WONDER CLEANING - barcha mahsulotlari xavfsizligi va sifati sohasida ilg'or g'oyalari bilan doimiy rivojlanib kelayotgan kuchli ishlab chiqarish kompaniyasiga aylanmoqda.

Mahsulot ishlab chiqarishda asosiy omil bo'lib, biz Yevropa mamlakatlaridan import qilayotgan BASF kompaniyasining yuqori sifatli xomashyosi hisoblanadi.

Bizning ustuvor vazifamiz sifatida mahsulotimizdan foydalanuvchi insonlarning xavfsizligini, shuningdek, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash qolmoqda.
Oilangizning xavfsizligi

Bizda mahsulotlar va ingredientlar uchun yagona, moslashtirilgan xavfsizlik standartlari mavjud. Biz o’z mahsulotlarimizga, ulardan o’z maqsadida, hali bozorga chiqqaniga qadar foydalanilishida, hamda ularing barcha mahalliy qonun va qoidalarga muvofiqligiga kafolat beramiz.

Mahsulot bozorga chiqarilgandan so'ng ham sizning xavfsizligingiz haqida g'amxo'rlik qilishda to’xtamaymiz. Biz doimo yangi ilmiy ma'lumotlarni o’rganamiz va xavfsizlik nazoratining yangi uslublarini ishlab chiqishda tashqi ekspertlar va nazorat organlari bilan hamkorlik qilib kelamiz. Bundan tashqari, mahsulotimiz iste'molchilarining fikrlariga quloq tutamiz va bu bizga ushbu mahsulotlarimizning samaradorligini ta'minlashda ko’mak beradi.